Surxondaryoda “ma’naviyat va ma’rifat” darsidan so‘ng xodimlar bilan psixologik dars mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Surxondaryo viloyati
IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Ma’naviy-ma’rifiy
ishlar bo‘limi Psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari tomonidan IIV
Transport va turizm obektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti tarmoq ichki
ishlar organlari Surxondaryo viloyati transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi
tarkibida xizmat olib borayotgan xodimlar bilan “ma’naviyat va ma’rifat” darsidan
so‘ng xodimlarning fuqarolar bilan muomala madaniyatini oshirish, shuningdek stress
va depressiyadan chiqsh bo‘yicha ularning psixologik bilimlarini oshirish maqsadida
psixologik dars mashg‘uloti o‘tkazildi. O‘tkazilgan dars mashg‘ulotidan ko‘zlangan
maqsad xodimlarning psixologik bilimlarini oshirish orqali xizmat samaradorligini
oshirirish, xizmat faoliyati va oilada sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarni
oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, kundalik
xizmat faoliyatini maxsus vositalar bilan xizmatga jalb etiladigan IIV Transport
va turizm obektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti tarmoq ichki ishlar organlari
Surxondaryo viloyati transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi tarkibida xizmat
olib borayotgan xodimlardan psixologik test metodikalari olinib har bir xodim yuzasidan
alohida psixologik xulosalar tayyorlandi.
Surxondaryo viloyati
IIBda xodimlar bilan o‘tkazilayotgan psixologik tadbirlar davom ettirilayapdi.