25 Aprel 2022 yil
395
Surxondaryoda, “Ma’naviyat oyligi” doirasida zakovatchilar saralandi!
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2021 yil 31 mart kunidagi “Ichki ishlar organlari tizimida “Zakovat” intellektual o‘yinlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i, 2022 yil 25 martdagi “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy – burchimiz” shiori ostida “Ma’naviyat oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risidagi Farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 22 aprel kuni Surxondaryo viloyati Matbuot uyi binosida viloyat ichki ishlar organlari yosh xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinlari o‘tkazildi.
Unda viloyat ichki ishlar boshqarmasi, shahar- tuman ichki ishlar organlari xodimlari hamda Ichki ishlar vazirligi Surxondaryo Akademik litseyidan tuzilgan jami 14 ta jamoa ishtirok etib, mazkur jamoalar ishtirokidagi bahslar murosasiz bellashuvlarga boy bo‘lib o‘tdi.
Bellashuvlar natijasiga ko‘ra, faxrli 3-o‘rinni, Qumqo‘rg‘on tumani Ichki ishlar bo‘limining “Yoshlar” jamoasi, faxrli 2-o‘rinni Boysun tuman Ichki ishlar bo‘limining “Leytenantlar” jamoasi hamda 1-o‘rinni Viloyat Ichki ishlar boshqamasining “Surxon” jamoasi qo‘lga kiritdi.
Musobaqaning g‘olib va sovrindorlari boshqarma boshlig‘ining diplom, kitoblar jamlanmasi hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Bu kabi intellektual o‘yinlarning tashkil etilishi ichki ishlar organlari xodimlarining bilim va salohiyatini intellektual qobilyati shuningdek hozirjavobligini oshirishga xizmat qilishi bilan birgalikda xodimlarning o‘z ustida ishlashlari, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini hamda ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.