24 May 2023 yil 198

Surxondaryoda “Ma’naviyat oyligi” doirasida harbiy xizmatchilar bilan psixologik trening mashg‘uloti o‘tkazildi. 

Ichki ishlar organlarida o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat oyligi” doirasida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mutaxassis-psixologlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlari Termiz xalqaro aeroportida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha alohida batalonida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlar bilan navbatdagi psixologik trening mashg‘uloti o‘tkazildi.

Psixologik trening jarayonida har bir harbiy xizmatchilarga individual yondashilgan holatda askarlarda vatanparvarlik, mardlik, jasorat singari tuyg‘ularni yanada kuchaytirish, shuningdek hissiy zo‘riqish, stress va tushkunlik holatlarini oldini olish, favqulodda hamda ekstremal vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyatini shakllantirishga qaratildi.

Bu kabi treninglar ularning ichki potensiallarini yuzaga chiqarish va kuchli tomonlarini namoyish qilishga ko‘maklashish, ahloqiy-ruhiy tayyorgarlik darajasini oshirishga doir bo‘lgan qobiliyatlarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamda harbiy xizmatchilari o‘rtasida salbiy holatlarning oldini olish va ularning ruhiy salomatligini muhofaza qilishga doir bir qancha chora-tadbirlar mas’ullar tomonidan amalga oshirib kelinmoqda.

Tashkil etilayotgan bu kabi psixologik treninglar xodimlarning ruhiy holatini chuqur o‘rganishga hamda ularnig xizmat samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Text to speech