28 Fevral 2024 yil 352

Surxondaryoda Maxsus qabulxona xodimlari bilan navbatdagi o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

Surxondaryo viloyati IIB Jamaot xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Maxsus qabulxona xodimlari bilan O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022-yil 22-sentabr kunidagi "Ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat, jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarligini tashkillashtirish to‘g‘risida"gi tegishli buyrug‘i asosida navbatdagi o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

O‘quv mashg‘uloti davomida xodimlar bilan saf ko‘rigi o‘tkazilib, ularning tashvish qoplari buyruq talablari asosida to‘liq jamlanganligi tekshirildi.

Bundan tashqari, xodimlarning antropometrik ko‘rsatkichlarini aniqlash maqsadida tibbiyot bo‘limi xodimlari ishtirokida ularning tana vazni o‘lchanib, ortiqcha vaznning inson organizmiga salbiy ta’siri xaqida tushuntirish ishlari ham olib borildi.

Text to speech