30 Noyabr 2023 yil 1062

Surxondaryoda kriminogen vaziyatni yaxshilash maqsadiga qaratilgan “Dolzarb qirq kun” tezkor-profilaktik tadbiri o‘tkazilishi davom etmoqda

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari tomonidan Termiz tumani hududida kriminogen vaziyatni yaxshilash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni barvaqt jilovlash hamda bu borada amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha tungi yo‘riqnoma o‘tkazildi. Yo‘riqnomada, tuman IIB boshlig‘i, tuman IIB boshlig‘ining o‘rinbosarlari, tuman IIB Tergov-tezkor guruhiga jalb qilingan ichki ishlar organlari xodimlari ishtirok etdi.

Hududda kriminogen vaziyatni yaxshilash borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan har bir huquqtartibot organlari xodimlariga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari tuman hududida tungi xizmatni o‘tash, qizil toifadagi mahallalarni o‘rganish maqsadida hududlarda bo‘lib, mahallaga biriktirilgan “yettilik” vakillari bilan uchrashib, ularning olib borayotgan faoliyatlarini ko‘zdan kechirib, aniqlangan kamchillik va muammolarni bartaraf etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Tungi o‘rganish davomida, masu’llar probatsiya hisobida turgan shaxslarning xonadoniga borishib, ularning sud tomonidan berilgan taqiqlarga amal qilayotganligi o‘rganildi. Tungi vaqtda bemaqsad yurgan fuqarolar filtr so‘rovdan o‘tkazilib, ular bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.

Tungi xizmatga jalb qilingan sohaviy xizmat xodimlarining xamkorlikdagi faoliyatlari joyiga chiqilgan holda o‘rganilib, tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Viloyatning barcha hududlarida, kriminogen vaziyatni yaxshilashga qaratilgan  tezkor-profilaktik tadbirlari o‘tkazilishi davom etmoqda.

Text to speech