25 Dekabr 2024 yil 799

Surxondaryoda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish hamda istiqboldagi vazifalar yuzasidan tanqidiy ruhdagi yig‘ilish o‘tkazildi.

Surxondaryo viloyati prokuraturasida viloyati prokurori Baxtiyor Babadjanov va Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Timur Ismailovlar huzurida 2024 yilda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida yo‘l qo‘yilgan xato va  kamchiliklar, 2025 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan istiqbolli chora-tadbirlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

O‘tkazilgan tezkor yig‘ilishda Janubiy-g‘arbiy okrug qo‘mondoni, Milliy gvardiya boshqarmasi boshlig‘i, viloyat hokimining yoshlar ishlari hamda oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, shuningdek, Sog‘liqni saqlash, Maktab va maktabgacha ta’lim, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmalari,  ijtimoiy himoya milliy agentligi, mahalla uyushmasi, yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmalari boshliqlari, Oliy ta’lim muassasalari rektorlari va “Temurbeklar” oliy maktabi rahbarlari ishtirok etishdi.       

Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda viloyat hududida o‘g‘rilik, firibgarlik, tan jarohati, oila-turmush doirasida sodir etilgan jinoyatlar, yoshlar, voyaga yetmaganlar, ayollar jinoyatchiligi, ijtimoiy profilaktika sohalari, tungi vaqtda sodir etilayotgan o‘g‘rilik jinoyatlarining oldini olishda profilaktik ishlar va boshqa bir qator vazifalar yetarli darajada olib borilmaganligi tanqidiy muhokama qilinib, mas’ullarning hisoboti tinglandi. Kelgusida bu boradagi kamchilliklarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida 2025 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan aniq chora-tadbirlar belgilanib, viloyat mas’ullariga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Text to speech