Surxondaryoda kriminogen vaziyatni yaxshilash maqsadida “Zarbdor to‘rt oylik” tezkor-profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda
Surxondaryo viloyatida, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, viloyat Prokuraturasi,
Milliy gvardiya hamda viloyat xokimligining “Surxondaryo viloyati hududida jinoyatchilikni
jilovlash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan profilaktik tadbirlarni yanada
takomillashtirish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Surxondaryo
viloyati hududida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, kelgusida jinoyatlarni
keskin kamaytirish bo‘yicha 2024 yilning birinchi choragi yakuniga qadar “Zarbdor
to‘rt oylik” e’lon qilindi.
Shu munosabat bilan
oylik doirasida viloyat IIB sohaviy xizmatlari, Termiz shahar IIB, prokuratura,
Milliy gvardiya mas’ullari hamkorlikda faoliyat olib borib, xalqimiz tinchligini
ta’minlash, jinoyatchilikni jilovlash, kriminogen vaziyatni yaxshilash va ijtimoiy
profilaktikani kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Surxondaryo viloyati
IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Inoqov hamda viloyat Prokurorining
birinchi o‘rinbosari Ravshan Namozovlar tomonidan Termiz shahri hududida amalga
oshiriladigan ishlar bo‘yicha tungi yo‘riqnoma o‘tkazildi. Yo‘riqnoma davomida,
sektor rahbarlari, ichki ishlar organlari, prokuratura, Milliy gvardiya va boshqa
mutasaddi tashkilotlar ishtirok etdi.
Hududda kriminogen
vaziyatni yaxshilash borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan
har bir huquqtartibot organlari xodimlariga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, mas’ullar
Termiz shahridagi tungi xizmatni o‘tash, qizil toifadagi mahallalarni o‘rganish
maqsadida hududlarda bo‘lib, mahallaga biriktirilgan “yettilik” vakillari bilan
uchrashib, ularning olib borayotgan faoliyatlarini ko‘zdan kechirishdi. Aniqlangan
kamchillik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Tungi o‘rganish davomida,
probatsiya hisobida turgan shaxslarning xonadoniga borilib, ular bilan profilaktik
tushuntirish ishlari olib borildi.
Viloyatning barcha hududlarida, kriminogen vaziyatni yaxshilashga qaratilgan tezkor-profilaktik
tadbirlari o‘tkazilishi davom etmoqda.