Surxondaryoda Kinologlarning bilim va tajribasi sinovdan o‘tkazildi
Har bir soha xodimi o‘z ustida ishlab, bilim va ko‘nikmasini oshirib borishi bugungi kun talabi. Shu bois ichki ishlar organlarida ham bu borada bir qator amalish ishlar olib borilmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Kinologiya bo‘linmasi xodimlarining kasbiy faoliyatini takomillashtirish maqsadida moddiy texnik bazasi, yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganilib, xodimlarining huquqiy bilimlari, kasbiy mahoratlari sinovdan o‘tkazildi.
Shuningdek, xizmat itlarining iz-qidiruv, giyohvandlik moddalari hamda portlovchi moddalarni qidirib topish yo‘nalishlari bo‘yicha xizmat sifati ko‘zdan kechirilib, zarur tavsiyalar berildi.
Mashg‘ulotlarda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Jamoat tartibini saqlash xizmati Kinologiya bo‘limi katta mutaxasisi, mayor H.Qurbonov tomonidan kinologlarga yo‘riqnoma va amaliy yordam ko‘rsatmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Kinologiya bo‘linmasi veterinari guruh veterinar shifokori katta leytenant Sh.Rahimov tomonidan kunlik xizmatga jalb qilinadigan xizmat itlarining sog‘ligini ko‘zdan kechirish, kerakli muolajalarni olib borish ishlari olib borilmoqda.