22 May 2023 yil 598

Surxondaryoda Kinologiya xodimi ko‘p miqdorda giyohvand moddalarini o‘tkazish jinoyatini fosh etdi

Joriy yilning 21 may kuni kechki soat 22:00 lar atrofida Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati  Yo‘l harakati xavfsizligi hamda Kinologiya bo‘linmasi xodimlari, Boysun tumani “Darband” YPX maskanida fuqaro T.Qobil (ism-sharifi o‘zgartirilgan) boshqaruvida bo‘lgan “Mercedes-Benz” yengil avtomashinasini to‘xtatishadi. Avtomashina ichi hamda undagi yo‘lovchilarning sumkalari tekshirilganida yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqaro M.Mo‘minga tegishli bo‘lgan sariq rangli sport sumkasida 3 ta oq rangli sellofan paketga o‘ralgan o‘tkir hidli “gashish” giyohvandlik vositasiga o‘xshash modda borligi aniqlandi. Ular shu yerning o‘zida xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olindi.

Mazkur holatga oydinlik kiritish maqsadida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borildi. Jarayonda fuqaro M.Mo‘min Denov tumani Sina qishlog‘idagi notanish shaxsdan ushbu sellofan paketga o‘ralgan modda - “qora dori”ni sotib olganligini ma’lum qildi.

Ushbu olingan o‘tkir hidli giyohvandlik vositasi elektron tarozida o‘lchab ko‘rilganida, 4 kg 080 gramm ekanligi aniqlandi. Hozirda mazkur holat yuzasidan viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Bugun aholi xavfsizligini ta’minlash, jinoyatlarni issiq izida fosh etishda Surxondaryo viloyati IIB xodimlari ana shunday hushyorlik bilan xizmat olib borishmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech