Surxondaryoda keng qamrovli “Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlar profilaktikasi oyligi” maxsus profilaktik tadbiri o‘tkazilmoqda.
Surxondaryo viloyati “Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlar profilaktikasi
oyligi” maxsus profilaktik tadbirlari davomida, shahar-tumanlarga kirish va chiqish
joylariga ushbu oylikni fuqarolar tomonidan faol o‘tkazish maqsadida tegishli bannerlar
o‘rnatildi.
Yurtimiz mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish, jamoat
xavfsizligini ta’minlashdagi tadbirlarni hamkorlikda amalga oshirish maqsadida,
viloyat IIB, viloyat Prokuraturasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi,
Sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda boshqa mas’ul boshqarma va idoralarning qo‘shma
qaroriga asosan, joriy yilning 3 avgustidan 5 sentabr kunigacha viloyat miqyosida
keng qamrovli “Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlar profilaktikasi oyligi”
maxsus profilaktik tadbiri o‘tkazilmoqda.