Surxondaryoda “Kelajak sari” profilaktik tadbiriga start berildi.
Joriy yilning 26 oktabr kuni viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish Markazida saqlanayotgan Surxondaryo viloyati hududida yashovchi 10 nafar 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan huquqbuzarlik va jinoyat sodir etishga moyil tarbiyasi og‘ir bo‘lgan va salbiy xatti harakatlar sodir etganligi uchun profilaktik hisobga olingan qizlar o‘rtasida kelgusida huquqbuzarlik va boshqa turdagi g‘ayriijtimoiy hatti harakatlar sodir etishini oldini olish maqsadida “Kelajak sari” profilaktik tadbiriga start berildi.
Ushbu loyihi 26 oktabr kunidan 23 noyabr kuniga qadar
o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, bunda voyaga yetmagan qizlar o‘rtasida salbiy hulq
atvor yuzaga kelishiga turtki bo‘layotgan omillarni o‘rganish, ijtimoiy-huquqiy,
psixologik va pedagogik yordam ko‘rsatish. Bundan tashqari ijtimoiy xavf ostida
bo‘lgan oilalarda yashab kelayotgan yoshlarning oilasini o‘rganish, kasbga bo‘lgan
qiziqishlariga ko‘ra kasb-hunarga yo‘naltirish, ”Vatanparvarlik” hissini shakllantirish
va kelajak hayotga moslashtirish maqsad qilingan.
Markazga qabul qilingan voyaga yetmaganlar umumiy tibbiy
ko‘rikdan o‘tkazilib, ko‘rik natijasida ularda aniqlangan kasalliklarni davolash
va profilaktika qilishda aniq amaliy yordam ko‘rsatish, yoshlarni umumiy gigiena
vositalari, yangi mavsumiy sport kiyim, kunlik ust bosh bilan taminlandi. Har bir
yoshga inspektor psixologlar biriktirildi. Psixologlar tomonidan yoshlarning ruhiy
holati yuzasidan psixologik tashxis ishlari olib borilib, ularga psixologik tafsifnomalar
berildi.
Tashxis davomida, ularning qaysi kasb-hunarga va qiziqishlarini aniqlash maqsadida treninglar o‘tkazildi va temperamentlarini aniqlash maqsadida metodikalar olindi. “Kelajakda qaysi kasb egasi bo‘lmoqchiman!” shiori ostida psixologik suhbatlar ham o‘tkazildi.