Surxondaryoda “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” qizg‘in davom etmoqda...
Ichki ishlar organlarida keng miqyosda o‘tkazilayotgan “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida Surxondaryo viloyati IIB MMI va KBTX Mutaxassis-psixologlar tomonidan viloyat IIB jamoat xavfsizligini ta’minlashda bevosita xizmat olib borayotgan xodimlarning ruhiy holatini doimiy ravishda nazorat qilib borish, ularning stress va depressiv holatlar ta’siriga tushib qolishining oldini olish, jamoada sog‘lom ruhiy holatni, fuqarolar bilan muloqotni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishni ta’minlash maqsadida mutaxassis-psixologlar bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Hozirda Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida salbiy holatlarni oldini olish, jamoalardagi ma’naviy-ruhiy muhit barqarorligini ta’minlash, shaxsiy tarkibning xizmat va dam olish sharoitlarini yaxshilash, ularning oilaviy-maishiy muammolarini o‘rganish va ijobiy hal etishda ko‘maklashish, xodimlardagi ruhiy o‘zgarishlarning sabablarini chuqur o‘rganish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tashkiliy, amaliy va tarbiyaviy profilaktik chora-tadbirlar davom ettirilmoqda.