Surxondaryoda “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida “o‘q otish” musobaqasi o‘tkazildi
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarida “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida viloyat ichki ishlar boshqarmasi sohaviy xizmat shaxsiy tarkibi o‘rtasida 9 mm Makarov to‘ponchasidan “o‘q otish” bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Ushbu musobaqani o‘tkazishdan maqsad viloyat Ichki ishlar organlari xodimlarining o‘qotar qurollardan maxsus harakatlarda mohirona hamda samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, shaxsiy tarkibning jangovar tayyorgarligini oshirish, tabel qurolidan to‘g‘ri foydalanish, qismlarga ajratish va yig‘ishini o‘rganish maqsadida tashkillashtirildi.
Murosasiz va keskin ruhda bo‘lib o‘tgan musobaqada g‘olib bo‘lgan hamda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan xodim va xodimalar Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining birinchi, ikkinchi, uchinchi darajali diplom, medal va kitoblar to‘plami bilan taqdirlandilar.