Joriy yilning 22 yanvar kuni Surxandaryo viloyati IIB
Shaxsiy xavfsizlik xizmati xodimlari hamda Jarqo‘rg‘on tumani prokuraturasining
iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘linmasi xodimlari tomonidan hamkorlikda
o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro Q.D. yo‘l harakati qoidalarini buzganligi
uchun o‘ziga nisbatan rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnoma bo‘yicha chora ko‘rmaslik
va avtomashinasini jarima maydonidan chiqarib berish evaziga bir necha marotaba
pora berishni taklif qilib, inspektor tomonidan ogohlantirishlarga qaramasdan, Surxondaryo
viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l patrul-xizmati
bataloni 3-safarbarlik guruhi Yo‘l patrul xizmati katta inspektoriga 700 (yetti yuz) AQSh dollari miqdoridagi
pullarni pora sifatida berayotgan vaqtida protsessual tartibda ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan, Q.D.ga nisbatan O‘zbekiston
Respublikasi JKning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: