22 Noyabr 2022 yil 201

Surxondaryoda “Isuzu”ga yashirilgan salkam 200 mln so‘mlik paqildoqlar to‘xtatib qolindi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasidan olingan ma’lumotga asosan, 21 noyabr kuni viloyat DXX va yo‘l-patrul xizmati xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir natijasida Denov tumanida yashovchi fuqaro J.A. boshqaruvida bo‘lgan “Isuzu” avtotransport vositasi Boysun tumani “Darband” YPX maskanida xolislar ishtirokida to‘xtatilgan. Xizmat iti yordamida ko‘zdan kechirilganda avtotransport vositasi yukxonasi ichida qiymati 122 million 175 ming so‘m bo‘lgan 814 blokda 407 250 dona “Britanik” nomli va qiymati 72 million so‘m bo‘lgan 480 blokda 240 000 dona “Treniya” nomli pirotexnika vositalari borligi aniqlangan.

Ushbu holatda jami 194 million 175 ming so‘m bo‘lgan 647 250 dona pirotexnika vositalari ashyoviy dalil sifatida olinib, holat yuzasidan protsessual hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Text to speech