14 Iyul 2023 yil 414

Surxondaryoda iste’molga yaroqsiz yirik shoxli mol go‘shti to‘xtatib qolindi

Joriy yilning 12 iyul kuni soat taxminan 01:30 larda Surxondaryo viloyati IIB Jamaot xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi xodimlari va viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari tomonidan oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha “Darband” YPX maskanida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida, Sho‘rchi-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan Sho‘rchi tumanida yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro K.Osmon (ism shariflar o‘zgartirilgan) boshqaruvidagi Kobil rusumli avtomashina to‘xtatilib yukxonasi tekshirilganda hech qanday veterinariya hujjatlarisiz 360 (uch yuz oltmish) kg yirik shoxli mol go‘shti olib ketayotganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, shu kuni Denov-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan Sho‘rchi tumanida yashovchi 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro M.Shokir boshqaruvidagi Kobil rusumli avtomashinasi to‘xtatilib yukxonasi tekshirilganda biror bir veterinariya hujjatlarisiz 370 (uch yuz yetmish ) kg yirik shoxli mol go‘shti olib ketayotganligi aniqlangan.

Tegishli hujjatlarsiz olib ketilayotgan go‘sht mahsulotlarini iste’molga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini tekshirish maqsadida, Surxondaryo viloyati Hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat maxsulotlari xavfsiz davlat markazi laboratoriyasi tekshiruvidan o‘tkazilganida, iste’molga yaroqsiz ekanligi aniqlanib, huquqbuzarlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan.

Text to speech