Surxondaryoda iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsuloti aniqlanib, tegishli tartibda yo‘q qilindi
Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash
boshqarmasi Karantin tadbirlarini ta’minlash bo‘linmasi safdor xodimi safdor A.Komilov
hamda viloyat veternariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari
tomonidan “Darband” YPX maskanida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida joriy yilning
21 aprel kuni soat taxminan 01:30 chamasida Denov-Toshkent yo‘nalishida harakatlanib
kelayotgan Denov tumanida yashovchi 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro X.F. boshqaruvidagi
Kobalt rusumli avtomashina to‘xtatilib yukxonasi tekshirilganda Denov tumanida yashovchi
1984 yilda tug‘ilgan fuqaro S.Bga tegishli bo‘lgan hech qanday veterinariya xujjatlarisiz 315 (uch
yuz o‘n besh) kg yirik shoxli mol go‘shti olib ketilayotganligi aniqlangan.
Ushbu go‘sht mahsuloti tegishli tartibda teshkshirilganda
viloyat hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat
markazi laboratoriyasining xulosasiga asosan iste’molga yaroqsiz ekanligi aniqlanib,
go‘sht egasiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi
Kodeksiga asosan ma’muriy bayyonnoma rasmiylashtirilgan hamda iste’molga yaroqsiz
deb topilgan go‘sht mahsuloti belgilangan tartibda yo‘q qilingan.