Surxondaryoda iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsuloti savdosining oldi olindi
Joriy yilning 11 fevral kuni soat
23-58 larda Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini
saqlash boshqarmasi Karantin tadbirlarini ta’minlash bo‘linmasi hamda viloyat veterinariya
va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari tomonidan hamkorlikda “Darband”
YPX maskanida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida Boysun-Qashqadaryo yo‘nalishi
bo‘yicha harakatlanib kelayotgan Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida yashovchi
1984 yilda tug‘ilgan fuqaro E.Z. boshqaruvidagi Kobilt rusumli avtomashina to‘xtatilib
yukxonasi tekshirilganda biror bir veterinariya hujjatlarisiz 160 (bir yuz oltmish)
kg yirik shoxli mol go‘shti olib ketilayotganligi aniqlangan.
Boysun tuman Veternariya va chorvachilikni
rivojlantirish bo‘limi hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari
xavfsizligi davlat markazi laboratoriyasining xulosasiga ko‘ra ushbu mahsulot iste’molga
yaroqsiz ekanligi aniqlanib, go‘sht mahsuloti egasiga nisbatan tegishli tartibda
chora ko‘rilgan.