4 Avgust 2023 yil 205

Surxondaryoda “Intizom oyligi” doirasida “Uch avlod uchrashuv”lari tashkil etilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023 yil 20 yanvardagi PQ–10-son qarori ijrosini ta’minlash hamda xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, xodimlarni yuqori kasbiy tayyorgarlikka ega, ma’nan yetuk, bilimli, halol, vatanparvar, mard va jasur etib tarbiyalash, faol hayotiy pozitsiyasini shakllantirish, ona Vatan taqdiriga bo‘lgan mas’uliyatini oshirish hamda g‘oyaviy va turli axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, fuqarolik burchi va konstitutsion majburiyatlarini sadoqat va fidoyilik bilan vijdonan bajarishga yo‘naltirish maqsadida Ichki ishlar vazirligi tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalarida joriy yilning 25 iyul kunidan 25 avgust kuniga qadar “Intizom oyligi” o‘tkazilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan “Intizom oyligi” doirasida Termiz shahar IIBda ham “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.

Tashkil etilgan, “Uch avlod uchrashuvi”da Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shadiev, Faxriylar kengashi raisi iste’fodagi podpolkovnik A.Sharofiddinov, Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi, faxriylar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda faxriylar tomonidan xodimlarga ichki ishlar tarixi haqida tegishli ma’lumotlar berilib, o‘tmish bilan hozirgi kundagi faoliyat haqida fikr mulohazalar bildirildi.

Tadbir yakunida, o‘zlarining mehnatsevarligi va xizmat davomida boshqa hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir qator ichki ishlar organlari xodimlari viloyat IIB boshlig‘ining esdalik sovg‘alari hamda badiy kitoblar jamlanmalari bilan taqdirlanishdi.

Text to speech