2 Avgust 2023 yil 194

Surxondaryoda “Intizom oyligi” doirasida madaniy tadbirlar ham tashkil etilmoqda

Respublikamiz ichki ishlar tizimlarida joriy yilning 25-iyul kunidan 25-avgust kuniga qadar “Intizom oyligi” o‘tkazish belgilangan bo‘lib, bunda asosiy e’tibor O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-son qarori ijrosini ta’minlash hamda xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, xodimlarni yuqori kasbiy tayyorgarlikka ega, ma’nan yetuk, bilimli, halol, vatanparvar, mard va jasur etib tarbiyalash, faol hayotiy pozitsiyasini shakllantirish, ona Vatan taqdiriga bo‘lgan mas’uliyatini oshirish hamda g‘oyaviy va turli axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, fuqarolik burchi va konstitutsion majburiyatlarini sadoqat va fidoyilik bilan vijdonan bajarishga yo‘naltirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 25-iyuldagi tegishli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyati IIBning tarkibiy tuzilmalarida ham ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Shunday tadbirlardan biri Surxondaryo viloyati IIB Jamaot xavfsizlik xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Patrul-post xizmati bataloni xodimlari Termiz shahar Alpomish mahallasi hududidagi “Motamsaro ona” haykali qad rostlagan hiyobonga tashrif buyurishdi.

Ushbu hiyobonda ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan vatandoshlarimizning buyuk nomlari qayd etilgan “Xotira kitoblari”da ota-bobolarimizning Ona vatan himoyasi uchun qilgan jasoratlari bilan yaqindan tanishishdi. Ota-bobolarimizning qilgan jasoratlari bilan tanishish asnosida, har bir ichki ishlar organi xodimlari buyuk ajdodlarning avlodlari ekanligidan yana bir bor faxr va iftixor tuyg‘ularini tuyishdi.

Text to speech