3 Avgust 2023 yil 175

Surxondaryoda, “Intizom oyligi” doirasida ichki ishlar organlari xodimlarining ota-onalari va yaqinlari ishtirokida uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Respublikamiz ichki ishlar tizimlarida joriy yilning 25-iyul kunidan 25-avgust kuniga qadar “Intizom oyligi” o‘tkazish belgilangan bo‘lib, bunda asosiy e’tibor O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-son qarori ijrosini ta’minlash hamda xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, xodimlarni yuqori kasbiy tayyorgarlikka ega, ma’nan yetuk, bilimli, halol, vatanparvar, mard va jasur etib tarbiyalash, faol hayotiy pozitsiyasini shakllantirish, ona Vatan taqdiriga bo‘lgan mas’uliyatini oshirish hamda g‘oyaviy va turli axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, fuqarolik burchi va konstitutsion majburiyatlarini sadoqat va fidoyilik bilan vijdonan bajarishga yo‘naltirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 25-iyuldagi tegishli farmoyishi ijrosini ta’minlashga qaratilgan.

Shu maqsadga qaratilgan tadbirlar Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va uning quyi tizimlarida ham yuqori saviyada tashkil etilib, turli tadbir va mashg‘ulotlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Viloyat IIB Shimoliy mintaqaviy hudud Oltinsoy tuman IIB xodimlari va oila a’zolari bilan uchrashuv tashkil etilib, xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish, fuqarolar bilan hushmuomalada bo‘lish, korrupsiyaga qarshi kurashish, ta’magirlikka yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, tuman IIBda “Intizom oyligi” munosabati bilan tashkil etilgan uchrashuv davomida, o‘z xizmat faoliyatiga vijdonan yondashib, kasbdoshlariga namuna ko‘rsatib, xizmat qilib kelayotgan bir qator xodimlarning  ota-onalariga tuman IIB rahbariyatining esdalik sovg‘alari ulashilib, ularga alohida minnatdorchilik bildirildi.

Text to speech