2 Avgust 2023 yil 178

Surxondaryoda “Intizom oyligi” doirasida xodimlarning psixologik tayyorgarligi oshirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2023 yil 26 iyun kunidagi tegishli buyrug‘i ijrosini ta’minlash hamda joriy yilning 25 iyul kunidan 25 avgust kuniga qadar “Intizom oyligi” o‘tkazilishi belgilanganligi munosabati bilan Angor va Qiziriq tumanlari Ichki ishlar bo‘limlari xodimlariga fuqarolar bilan professional ishlash tayyorgarligini yanada oshirish bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

O‘quv mashg‘uloti davomida, “Xodimlar tomonidan fuqarolarning ruhiy va jismoniy holati hamda shaxslarning jins va yosh toifasidan kelib chiqib professional ekspressiv harakatlar bilan samarali muloqotga kirishish, agressiyani qo‘zg‘atuvchi muomala va nokasbiy jestlardan tiyilish” yuzasidan mutaxassis psixologlar tomonidan kerakli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Text to speech