22 Iyun 2024 yil
392
Surxondaryoda “Intizom oyligi” doirasida nazorat tartibidagi o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2024 yil 10 may kunidagi
hamda Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining 2024 yil 25 may kunidagi ichki ishlar
organlarida joriy yilning 1 iyun kunidan 30 iyun kuniga qadar “Qonuniylikni ta’minlash
va temir intizom oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risidagi farmoyishiga asosan, Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va
kadrlar bilan ta’minlash xizmati mas’ul xodimlari tomonidan Surxondaryo viloyati
IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limi, viloyat IIB Jamoat xavfsizligi
xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi bo‘linmalari voyaga yetmaganlarga
ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi hamda viloyat IIB Migratsiya va fuqarolikni
rasmiylashtirish boshqarmasi xodimlari o‘rtasida xizmat va ijro intizomini ta’minlash
maqsadida nazorat tartibida tekshiruv hamda profilaktik tushuntirish ishlari olib
borildi.
O‘rganishlar davomida
Surxondaryo viloyati IIB xodimlardan xizmat
intizomi va qonun buzilish holatlarini barvaqt oldini olish, ichki ishlar organlarida formali kiyim-boshni kiyib yurish qoidalariga amal qilinishi, avtotransport vositalari
tegishli hujjatlar asosida boshqarib kelayotganligi, xodimlarni
jismoniy va jangovar tayyorgarligini oshirish, soha xodimlariga xizmat samaradorligini oshirish yuzasidan jamoalardagi ma’naviy-ruhiy muhit barqarorligini ta’minlashga qaratilgan ishlar yaqindan o‘rganildi.