Surxondaryoda inspektorga pora berish evaziga jazodan qutilishni orzu qilgan shaxs qo‘lga olindi
Joriy yilning 19 yanvar kuni Surxandaryo viloyati IIB Shaxsiy xavfsizlik
xizmati xodimlari hamda Jarqo‘rg‘on tumani prokuraturasining iqtisodiy jinoyatlarga
qarshi kurashish bo‘linmasi xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir
davomida, tuman IIB Probatsiya xizmati hisobida turgan, sudning hukmi bilan “uy
qamog‘i” jazosini o‘tayotgan mahkum J.A., jazo o‘tashi davrida “o‘ziga nisbatan
yengillik yaratib berish va tungi vaqtda uning yashash uyini tekshirmaslik uchun”
Jarqo‘rg‘on tumani IIB Probatsiya guruhi inspektoriga bir necha marotaba pora berishni
taklif qilib, inspektor tomonidan ogohlantirishlarga qaramasdan, 100 AQSh dollari
miqdoridagi pulni pora sifatida berayotgan vaqtida protsessual tartibda ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan, J.A.ga nisbatan O‘zbekiston
Respublikasi JKning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.