6 Oktyabr 2022 yil 497

Surxondaryoda IIV Malaka oshirish instituti mas’ullari tomonidan tashkil etilgan o‘quv yig‘inida xodimlar faol ishtirok etishdi

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli farmoyishiga asosan, Ichki ishlar organlari xodimlarida muomala madaniyatini yuksaltirish, fuqarolar bilan muloqotda ularning mas’uliyatini yanada oshirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish institutining professor o‘qituvchilari, malakali mutaxassis xodimlari joylarda o‘quv seminarlari, trening mashg‘ulotlari o‘tkazilishi davom etmoqda.

Ushbu maqsadga qaratilgan o‘quv mashg‘uloti joriy yilning 5-6 oktabr kunlari Surxondaryo viloyatining Shimoliy mintaqaviy hududi Denov tumani hamda Surxondaryo viloyati IIB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadida ham tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish institutining professor o‘qituvchilari tomonidan Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarining yo‘l-patrul, patrul-post va profilaktika xizmatlari faoliyat olib borayotgan xodimlarga mas’ul xodimlar tomonidan o‘quv dasturiga muvofiq mavzular bo‘yicha mashg‘ulotlarning alohida o‘quv-metodik materiallar va zamonaviy interfaol metodlardan foydalangan holda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

O‘quv mashg‘uloti davomida, ichki ishlar organlari xodimlari xizmat vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli xil stress vaziyatlarda o‘z-o‘zini boshqarishning psixologik omillari,  yo‘l harakati xavfsizligi, patrul-post, huquqbuzarliklarni oldini olish xizmatlari etiketi va muloqot madaniyati, ommaviy axborot vositalari va blogerlar bilan ishlash metodlari, stress va agressiv holatlarni yengillashtirishga mo‘ljallangan psixokoreksion seminar trening asosida o‘tkazilgan mahorat mashg‘ulotlarida xodimlar faol ishtirok etishdi.

O‘quv yig‘ini yakunida, mahorat darslarida ishtirok etgan ichki ishlar organlari xodimlariga IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘ining maxsus sertifikatlari tantanali ravishda topshirildi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech