Surxondaryoda IIV ishchi guruhi tomonidan o‘rganish ishlari davom etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2023 yil 13 dekabr kunidagi
reja-topshirig‘i yuzasidan IIV Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash
departamenti va Vazirlik Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati
bo‘yicha boshqarmasi xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan, Surxondaryo viloyati
Ichki ishlar organlarida xizmat intizomi va qonunchilik buzilishini oldini olish,
korrupsiyaga qarshi kurashish, xizmat faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha
o‘rganish, idoraviy hujjatlarning me’yoriy buyruq talablari asosida yuritilishi,
shaxsiy tarkib bilan turli salbiy holatlar, guruhbozlik va boshqa salbiy illatlarning
oldini olishga qaratilgan amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek “xodimbay” ishlash
yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish bilan birgalikda, Surxondaryo
viloyatining shaxar-tumani IIBlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida muhokama yig‘ilishlari
o‘tkazilib, o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
O‘tkazilayotgan yig‘ilishlarda tuman rahbariyati va soha rahbarlariga qo‘l
ostidagi xodimlarining kundalik xizmat faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha
tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, ishchi guruh tomonidan joylardagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar yo‘nalishida
amalga oshirilgan ishlar atroflicha o‘rganib chiqildi.
O‘rganishlar davomida ma’naviy-ma’rifiy
yo‘nalishda qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilash ko‘rsatib o‘tildi.