30 Yanvar 2023 yil 374

Surxondaryoda, IIV 3-ishchi guruhi Prezident qaror mazmun mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot va tashviqot ishlarini boshlashdi

Joriy yilning 30 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidan tashkil etilgan 3-ishchi guruh a’zolari Surxondaryo viloyatidagi ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida targ‘ibot va tashviqot ishlarini boshladi.

Ushbu ishchi guruh O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor A.I.Ikramovning 2023 yil 25 yanvar kunidagi 19-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvar kunidagi PQ-10-son qarori ijrosini ta’minlashga oid chora-tadbirlarni belgilash to‘g‘risida”gi Farmoyishiga asosan 3-ishchi guruh a’zolari Malaka oshirish instituti professor o‘qituvchilari podpolkovnik I.Axmedov, podpolkovnik M.Achilov, podpolkovnik S.Yernazarov,  IIV MMIvaKBTD  leytenant K.G‘iyosiddinov, viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shadiev, Vazirlik ShXBB Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Q.Samandarov, viloyat IIB MMI va KBTX boshlig‘i o‘rinbosarlari podpolkovnik U.Jo‘raev, mayor X.Nurmatovlar 2023 yil 30 yanvar kuni Surxondaryo viloyati Boysun, Sariosiyo va Uzun tumani ichki ishlar bo‘limida xizmat qilib, kelayotgan shaxsiy (221-nafar) tarkib bilan o‘quv seminarlari o‘tkazildi.

O‘tkazilgan o‘quv seminari davomida, ichki ishlar organlari xodimlari ma’ruzachi hamda mas’ullarga o‘zlarini qiziqtirgan savollari hamda takliflarini bayon etib, faol ishtirok etishdi.

Text to speech