Surxondaryoda ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlariga tavsiyanomalar topshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan mamlaktimizda ichki ishlari organlari tizimini tubdan takomillashtirish borasida bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda shu bilan bir qatorda xodimlarni ijtimoiy himoya qilish, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 26 fevral kunidagi “Ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a’zolarini ijtimoyi himoya qilishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4212-sonli Qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorga asosan joriy yilda Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlirida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan 84 nafar ichki ishlar organlari xodimlarining 88 nafar farzandlariga “Tavsiyanoma”lar viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shadiev tomonidan tantanali ravishda topshirildi.