4 Iyun 2022 yil 504

IIO xodimlarining induvidual-psixologik xususiyatlari o‘rganilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi IIVning tegishli buyruq talablari asosida Surxondaryo viloyati IIB xizmat jamoalaridagi ma’naviy-ruhiy muhit va xodimlar o‘rtasidagi munosabatlarni aniqlash maqsadida anonim so‘rovnomalar o‘tkazildi. Ushbu so‘rovnomalar natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha viloyat IIB rahbariyatiga asosli takliflar ham berildi.
Shuningdek, xodimlarning individual-psixologik xususiyatlarini, kasbiy layoqati, boshqaruvchanlik qobiliyatini, kasbiy ko‘nikma va malakasining qay darajada shakllanganligini o‘rganish uchun ulardan psixologik testlar olindi, shu orqali ularning psixologik portretlari ham yaratildi.
Bundan ko‘zlangan maqsad Surxondaryo viloyatida ichki ishlar organlari xodimlarining mavjud muammolarini o‘rganish va ularga yaqindan psixologik yordam ko‘rsatishdan iboratdir.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech