26 Sentyabr 2023 yil 573

Surxondaryoda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari tomonidan tungi xizmat faoliyati o‘rganildi

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor B.Yu.Mirzaraximov tomonidan Surxondaryo viloyati IIB Tashkiliy boshqarmasi Navbatchilik qismi va “102” tizimining tungi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida, navbatchilik xizmati tomonidan viloyat hududidagi kriminogen vaziyatni nazorat qilish, jinoyat va hodisalar to‘g‘risida kelib tushgan xabarlar yuzasidan ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar bo‘yicha xodimlarning harakatlari tekshilib, ularga qo‘shimcha yo‘riqnoma berildi.

Bundan tashqari, aholi murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqilishi bo‘yicha “102” tizimiga kelib tushayotgan xabarlar bo‘yicha tezkorlik bilan ma’lumotlarni tegishli hududiy ichki ishlar organlariga yetkazilishi hamda tegishli xizmat xodimlarining voqea joyiga o‘z vaqtida yetib borishi to‘liq o‘rganildi.

Viloyat hududidagi aholi gavjum va jamoat joylarini zamonaviy axborot kommunikatsiya vositalari bilan qamrab olinganligi va ularning Navbatchilik qismi negizida faoliyat olib borayotgan “Situatsion markaz”ga integratsiya qilinganligi hamda ushbu markaz orqali hududda xizmat olib borayotgan kuch-vositalarni markazlashtirilgan tartibda boshqarish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.

Tashrif davomida, Termiz shahar IIBning tungi faoliyati ham e’tibordan chetda qolmadi. Xususan, Navbatchilik qismiga aholidan kelib tushayotgan murojaatlarning “E-material” elektron dasturiga qayd etish va uning ijrosini ta’minlash jarayonlari bilan tanishdi.

Shuningdek, berilgan shartli signal asosida IIB binosiga yig‘ilgan tergov-tezkor guruhi a’zolarining epikirovka va yordamchi vositalari nazorat tartibida to‘liq ko‘zdan kechirilib, ularga qo‘shimcha yo‘riqnoma berildi.

Shundan so‘ng, Termiz shahar hududida tungi xizmatga jalb etilgan shaxsiy tarkibning xizmat faoliyati joylarga chiqqan holda o‘rganildi. Jumladan, shaharning “Bog‘ishamol” mahallasida joylashgan 12 mingdan oshiq aholi yashaydigan “Farovon” aholi massividagi 38 ta ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi “Huquq-tartibot maskani” faoliyati kuzatildi.

Ushbu hududda xizmat olib borayotgan huquq-tartibot organlari xodimlarining hamkorlikdagi faoliyati tekshirilib, hududda istiqomat qiluvchi aholi va jamoatchilik vakillari bilan suhbatlar o‘tkazildi.

 

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech