26 Mart 2024 yil 315

Surxondaryoda ichki ishlar organlari xodimlari psixodiagnostik tekshiruvidan o‘tkazilmoqda

Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi IIVning tegishli buyruq talablari ijrosini ta’minlash hamda xodimlarning ruhiy holatlarini chuqurlashtirilgan holda o‘rganish maqsadida Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlar psixodiagnostik tekshiruvdan o‘tkazilib, ularning psixologik portretlari yaratilmoqda. 

Shuningdek, xodimlar bilan psixoprofilaktik suhbatlar o‘tkazilish bilan birga ularga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilmoqda.

Surxondaryo viloyati IIBda xodimlar bilan o‘tkazilayotgan psixologik tadbirlar davom ettirilmoqda.

Text to speech