3 Noyabr 2024 yil 621

Surxondaryoda Ichki ishlar organlari xodimlari sharaflandi

Bugun Termiz shahridagi “San’at saroyi” majmuasi konsertlar zalida Ichki ishlar organlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda 25-oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi.

Davlat va jamoat tashkilotlari, huquq-tartibot idoralari rahbarlari, viloyat ichki ishlar organlari xodimlari, faxriylar va xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan fidoyi o‘g‘lonlarning oila a’zolari, jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov tinch, osuda hayotimiz qo‘riqchilari, huquq va erkinliklarimizning ishonchli himoyachilarini kasb bayramlari bilan samimiy tabrikladi.

Shuningdek, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i Timur Ismailov ham so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining bayram tabrigini o‘qib eshittirib, o‘zining soha xodimlariga, faxriylariga, xizmat vaqtida halok bo‘lgan marhum xodimlarning oila a’zolariga samimiy tilaklarini bildirdi.

Tadbirda samarali xizmatlari uchun taqdirlangan bir guruh ichki ishlar organlari xodimlari, faxriylari, xizmat vaqtida halok bo‘lganlarning oila a’zolari hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda ichki ishlar organlariga yaqindan ko‘mak bergan mahalla faollari Ichki ishlar vazirligining ko‘krak nishonlari, pul mukofotlari, shuningdek, viloyat hokimi va viloyat ichki ishlar boshqarmasining faxriy yorliqlari, qimmatbaho va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Tantanali tadbirda Ichki ishlar vazirligi Ansambli hamda san’atkorlar yurt madhini kuylovchi, kasb egalarini sharaflovchi kuy qo‘shiqlar ijro etilib, yig‘ilganlarning kayfiyatiga quvonch va shodlik ulashdi.

Text to speech