29 Sentyabr 2025 yil 76

Surxondaryoda ichki ishlar organlari xodimlari bilan “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etilib, ularning ijtimoiy himoyasi ham yaxshilanmoqda.

Mamlakatimizda IIO faoliyati samaradorligini oshirish, soha xodimlarini ijtimoiy qollab-quvvatlash borasida keng kolamli ishlar amalga oshirilmoqa.

Bu borada, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Ichki ishlar organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish, tizimni xalq manfaatlari yolida xizmat qiladigan xalqchil va professional tuzulmaga aylantirishga qaratilgan islohotlari, dastur-ul amal bolib xizmat qiladi.

Vatan uchun, millat uchun, xalq uchundegan ezgu tamoyil ostida amalga oshirilayotgan qator islohotlar, Surxondaryo viloyati miqyosida ham oz aksini namoyon etmoqda.

Bugun Termiz shahridagi Yoshlar markazi binosida tashkil etilgan tantanali tadbirda, Davlatimiz rahbarining tizimda faoliyat yuritib kelayotgan, yashash xonadonlari bilan bogliq muammo kuzatilayotgan xodimlarni ijtimoiy qo‘llab quvvatlash maqsadidagi qarorlariga muvofiq, Surxondaryo viloyati IIO ning 25 nafar xodimlarga uy-joy sotib olish uchun dastlabki 25% lik badal puli vaucherlari viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i, podpolkovnik Zavkiddin Xujanov tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Qaytarib bermaslik sharti bilan, subsidiya asosida berilayotgan ushbu pul mablag‘lari, xodimlarning yashash sharoitlarini yaxshilash bilan birga ularning ijtimoiy  himoyasini taminlashga xizmat qiladi.

Shuningdek o‘tkazilgan tadbir davomida, O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Sodiq Safarov tomonidan xodimlar o‘rtasida tartib intizom, xizmat intizomi va qonunchilikka qat’iy rioya etish hamda korrupsion jinoyatlarga murosasiz kurash olib borish ta’kidlandi.  

Shundan so‘ng, ichki ishlar organlari faxriylari ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etilib, unda faxriylar so‘zga chiqib, o‘zlarining boy bilim tajribalarini yosh avlod vakillariga ulashishdi.

Tadbir so‘ngida, yaqinlashib kelayotgan 1 oktabr- “Ustoz va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan Ichki ishlar organlari tizimlarida uzoq yillar samarali xizmat qilgan, bugungi kunda qarilik gashtini surayotgan ichki ishlar faxriylariga bayram sovg‘alari ulashildi.

Text to speech