Surxondaryoda ichki ishlar organlari xodimlari ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Joriy yilning 18 may kuni Ichki ishlar vaziri rahbarligida o‘tgkazilgan videoselektor yig‘ilishida, ichki ishlar organlari xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning kundalik ehtiyojlarini qondirish hamda xizmatda yanada samarali faoliyat yuritishlari uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha bir qator vazifalar belgilangandi. Jumladan, xodimlar uchun maishiy texnika vositalarini arzonlashtirilgan narxlarda xarid qilish imkonini yaratish maqsadida maxsus yarmarkalar tashkil etish topshirig‘i berilgan edi.
Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida, Surxondaryo
viloyati ichki ishlar boshqarmasi mas’ullari tomonidan tizimda faoliyat yuritayotgan
61 nafar xodim ro‘yxati shakllantirilib, ular uchun foizsiz bo‘lib to‘lash sharti
bilan 100 ga yaqin maishiy texnika vositalari keltirilib, joriy yil 10 iyul kuni
mazkur maishiy texnika vositalari boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik
Sherzod Shadiev tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, tadbir doirasida xizmatda namuna ko‘rsatayotgan,
hamkasblari orasida o‘rnak bo‘layotgan hamda hozirda uy-joyga ehtiyoj sezayotgan
ikki nafar xodimga ham boshqarma rahbariyati tashabbusi bilan Sherobod tumanida
qurilgan, to‘liq jihozlangan ikki xonali xonadonlar tantanali ravishda tortiq qilindi.
Arzonlashtirilgan maishiy texnika vositalari hamda uy-joyga ega bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlari bugungi kunidan roziliklarini bildirib, davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlar natijasida berilayotgan imkoniyatlar va yaxshilanayotgan sharoitlar uchun o‘z minnatdorchiliklarini izhor etishdi.