26 Oktyabr 2023 yil 1021

Surxondaryoda Ichki ishlar organlari xodimlari sharaflandi

Termiz shahridagi “Muhtasham” tantanalar saroyida Ichki ishlar organlari tashkil etilganining 32 yilligi hamda 25 oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan viloyatning asosiy bayram tadbiri nishonlandi.

Davlat va jamoat tashkilotlari, huquq-tartibot idoralari rahbarlari, viloyat ichki ishlar organlari xodimlari, faxriylar va xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan fidoyi o‘g‘lonlarning oila a’zolari, jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov tinch, osuda hayotimiz qo‘riqchilari, huquq va erkinliklarimizning ishonchli himoyachilarini kasb bayramlari bilan samimiy tabrikladi.

Tadbirda samarali xizmatlari uchun taqdirlangan bir guruh xodimlarga Ichki ishlar vazirligining ko‘krak nishonlari, pul mukofotlari, shuningdek, viloyat hokimi va viloyat ichki ishlar boshqarmasining faxriy yorliqlari, qimmatbaho va esdalik sovg‘alari tantanali topshirildi.

To‘kin dasturxon atrofida davom etgan bayram tadbirida qiziqarli konsert dasturi namoyishi hamda elimiz suygan san’atkorlarning chiqishlari va ijro etgan kuy-qo‘shiqlari tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Text to speech