14 Sentyabr 2024 yil 213

Surxondaryoda ichki ishlar organlari hamda ularning oila a’zolariga “Jamila” spektakli namoyish etildi.

2024 yil 14 sentabr kuni Termiz shahridagi muhtasham San’at Saroyida Fransuz yozuvchisi Lui Aragon talqinida "Muhabbat haqida eng go‘zal qissa" deb e’tirof etilgan Chingiz Aytmatovning "Jamila" qissasining spektakli ichki ishlar organlari xodimlari va oila a’zolari e’tiboriga namoyish etildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Berdaq” nomidagi qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatr jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan ushbu spektaklda Front ortidagi insonlar hayoti go‘zal aks ettirilgan "Jamila" spektakli barchaga birdek manzur bo‘ldi.

Text to speech