Surxondaryoda ichki ishlar organlari xodimlari “Biz donormiz!” aksiyasida faol ishtirok etdi.
Respublika “Yuksalish” harakati
tomonidan mamlakatimiz bo‘ylab “Biz donormiz!” aksiyalari muntazam o‘tkazilib kelinmoqda.
O‘tkazilayotgan aksiyalar natijasida
shoshilinch qon quyishga muhtoj fuqarolarga qon berish uchun donorlik qonini
to‘plash, qon zahiralarini to‘ldirish, jamiyatda donorlikning ahamiyati va
xavfsizligi haqida aholining xabardorligini oshirishga erishilmoqda.
“Yuksalish” harakati 2024 yilning
13 sentabr kuni soat 9:00 dan 14:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Respublika
bo‘ylab hududiy qon quyish stansiyalari bilan birgalikda “Biz donormiz!” shiori
ostida qon topshirish aksiyasini o‘tkazish rejalashtirilgan edi.
Shu munosabat bilan bugun Surxondaryo viloyati ichki
ishlar boshqarmasi va uning quyi bo‘limlari xodimlari viloyat qon quyish stansiyasida
ko‘ngilli qon topshiruvchi sifatida faol ishtirok etishdi.