Surxondaryoda ichki ishlar organlari xodimlarining yashash sharoitlari o‘rganilishi davom etmoqda.
Surxondaryo viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Sh.Shodiev, viloyat IIB
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘ining birinchi
o‘rinbosari podpolkovnik O‘.Hamroev, viloyat IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar
bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari mayor H.Nurmatov hamda viloyat IIB
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘ining Xotin-qizlar
masalalari bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik N.Djumaevalar hamrohligida, ichki ishlar
boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati xodimlari
xonadonlariga borib, ularning yashash shart-sharoitlari, muammolari o‘rganildi.
O‘rganish davomida, xodimlarning turmush o‘rtog‘i va
farzandlarining qiziqishlari, sog‘ligida muammosi bor-yo‘qligi, yashash tarzlari
bilan qiziqib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan amaliy yordamlar
ko‘rsatish bo‘yicha fikr mulohazalar bildirildi.