17 Iyun 2025 yil 523

Surxondaryoda ichki ishlar organlari xodimlari farzandlariga tavsiyanomalar topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 14-maydagi PQ-3726-son hamda “Ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 26-fevraldagi PQ-4212-son qarorlariga muvofiq, ichki ishlar organlarining amaldagi va sobiq xodimlari hamda harbiy xizmatchilarining farzandlariga ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanoma berish ko‘rsatilgan.

Shu munosabat bilan, bugun Termiz shahar ichki ishlar boshqarmasida, viloyat ichki ishlar organlari xodimlari va ularning farzandlariga tavsiyanomalarni berish uchun tadbir iashkil etildi.

Tadbirda viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sherzod Shadiev ishtirok etib, 102 nafar xodimning 112 nafar farzandlariga tavsiyanomalarni tantanali ravishja topshirdi.

Tadbir yakunida, ichki ishlar organlari xodimlari Davlatimiz Prezidentiga qolaversa ichki ishlar tizimi rahbariyatiga o‘zlarining samimiyatlarini bildirishdi.

Text to speech