28 May 2025 yil
591
Surxondaryoda ichki ishlar organlari tizimida xizmat olib borayotgan xodimlarning ijtimoiy muammolari o‘rganilmoqda.
Joriy yilning 18 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri huzurida o‘tkazilgan video-selektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar hamda viloyat IIBning tegishli ko‘rsatmasi ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari hamda Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining tarkibiy va hududiy bo‘linmalari rahbarlari qo‘l ostida xizmat olib borayotgan ichki ishlar organlari xodimlarining oilaviy ahvoli va yashash sharoitlarini o‘rganib, ularning yaqin qarindoshlari bilan suhbatlar o‘tkazilmoqda.
O‘rganish jarayonida, xodimlarning yashash shart-sharoitlari,
sog‘liklari, oiladagi iqtisodiy, ijtimoiy, maishiy va boshqa bir qator muammolariga e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, xodimlarning xizmat xonalari ko‘zdan kechirilib, ular bilan xizmat va ijro intizomiga
rioya qilishlari yuzasidan profilaktik tushuntirish ishlari ham olib borilmoqda.
Bu o‘rganishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad, xodimlarning
ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash hamda ichki ishlar organlarida ma’naviy
va ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirishga qaratilgan.
Ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xodimlarning ijtimoiy muammolarini o‘rganish ishlari davom etmoqda.