16 Avgust 2022 yil 363

Surxondaryoda, “Xavfsiz hudud” maxsus profilaktik tadbiri davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022 yil 15 may kunidagi 11-sonli Farmoyishi talablari hamda Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining topshirig‘iga asosan jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi bayrami”ga tayyorgarlik ko‘rish, viloyat miqyosida o‘tkazilib kelinayotgan “Xavfsiz hudud” maxsus profilaktik tadbirining 3-bosqichini mahallalar kesimida sifatli va samarali o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida krimenogen vaziyati og‘ir hisoblangan “qizil” toifaga kiritilgan Termiz shahar “Alpomish” mahallasida viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i A.Xudoyberdiev tomonidan tadbirga jalb qilingan profilaktika inspektorlari va ularning jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosarlariga yo‘riqnoma berildi.

“Xavfsiz hudud” maxsus profilaktik tadbiri davomida, mahalla hududida xonadonbay va fuqarobay ishlash tizimi orqali ijarada yashovchilar, chet el fuqarolari, Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni o‘rganish, huquqbuzarlik keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan muammoli masalalarga alohida etibor qaratildi.

Text to speech