Surxondaryoda “Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlar profilaktikasi oyligi” maxsus profilaktik tadbiri doirasida qarovsiz yurgan voyaga yetmaganlar o‘rtasida profilaktik ishlar olib borilmoqda.
Respublikamiz hududida
joriy yilning 3 avgust kunidan 5 sentabr kuniga qadar “Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi
jinoyatlar profilaktikasi oyligi” maxsus profilaktik tadbirini o‘tkazish chora-tadbirlari
to‘g‘risidagi qo‘shma Qarorga asosan Surxondaryo
viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi
Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish Markazi xodimlari tomonidan
voyaga yetmaganlar o‘rtasida profilaktik tadbirlarni amalga oshirish maqsadida,
Termiz shahar xududida nazoratsiz va qarovsiz, tilamchilik bilan shug‘ullanib yurgan
voyaga yetmaganlarni shaxsiga aniqlik kiritish ishlari olib borildi.
Jamoat joylari hamda
avtoulovlar serqatnov yo‘llarda qarovsiz va tilamchilik qilib yurgan voyaga yetmaganlar
markazga olib borilib, profilaktik surishtiruv ishlari olib borildi.
Voyaga yetmaganlar
bilan olib borilgan profilaktik ishlar natijasida ularning Jarqo‘rg‘on va Sherobod
tumanida istiqomat qilishligi ma’lum bo‘lib, ushbu tumanlarning Inson ijtimoiy xizmatlar
markazi bolalarni ijtimoiy himoya qilish sho‘ba mudirlari, voyaga yetmaganlar va
yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish guruhi inspektorlari
bilan hamkorlikda muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
O‘tkazilgan muhokama
yig‘ilishga voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari chaqirtirilib, voyaga yetmagan
farzandlarini majburiy mehnatga jalb qilmasligi, nazoratsiz va qarovsiz qoldirmasligi,
majburiy ta’limga jalb etilishlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilib,
ushbu yo‘nalishlarda ota-onalik majburiyatlarini to‘liq bajarmaganligi uchun ushbu
ota-onalarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rildi.