4 Sentyabr 2022 yil 504

Surxondaryoda Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari uchun yangi bino qurilib foydalanishga topshirildi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 mart kunidagi “Transport va turizm ob’ektlarida jamoat xavfsizligini ta’minlashning samarali tizimini joriy etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4229-sonli Qaroriga asosan, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tarkibida Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tashkil etilgan edi.

Joriy yilning 4 sentabr kuni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xoimlari uchun zamonaviy qulayliklarga ega bo‘lgan ikki qavatli yangi bino qurilib foydalanishga topshirildi.

Yangi binoning ochilish marosimida, Surxondaryo viloyati xokimi T.A.Bobolov, viloyat IIB boshlig‘i polkovnik A.S.Ismoilov, O‘zbekiston Respublikasi IIV Xavfsiz  turizmni  ta’minlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i mayor N.Q.Odilov, keng jamoatchilik vakillari, mehnat faxriylari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olganlar yangi binoning qurilib foydalanishga topshirilishi, halqimiszning tinchligi va farovonligi yo‘lida xizmat qilishi yuzasidan o‘zlarining ezgu tilaklarini bildirishdi. Mehnat fayxriylar hamda keng jamoatchilik vakillari tomonidan ramziy lentalar kesilib, quruvchi tomonidan binoning ramziy kaliti Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Sh.F.Shodievga topshirishdi.

Hozirgi kunda, Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasida jami 17 ta shtat birligi mavjud bo‘lib, ular kamida 2-3 ta xorijiy (rus, ingliz) tillarida mukammal so‘zlasha oladigan, vohamiz tarixi va urf-odatlari haqida yetarlicha bilimga ega bo‘lgan jismonan sog‘lom xodimlar bilan jamlangan.

Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlarining xizmat olib borishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, 4 ta yengil avtomashina, 5 ta motosikl, 1 ta avtobus, 5 ta skuter, 6 ta sigvey kabi zamonaviy transport vositalari bilan ta’minlangan.

Shuningdek, Ichki ishlar vazirligining maxsus fondi hisobidan 7.562.000000 (yetti millyard besh yuz oltmish ikki million) so‘m miqdorida mablag‘ ajratilib, Termiz shahri “Yulduz” mahallasi hududidan 2 qavatli zamonaviy jihozlangan xizmat binosi qurib bitkazildi, ushbu binoda situatsion markaz tashkil etilgan bo‘lib, tashrif buyuruvchi turistlarning viloyat hududiga kirib kelishidan tortib, qaysi mehmonxonaga joylashib “Ye-mehmon” bazasidan ro‘yxatdan o‘tishi, qaysi sayyohlik ob’ektlariga borishi va qaytib chiqib ketishlari doimiy ravishda nazorati olib boriladi.

Bundan tashqari, situatsion markazda sutkalik navbatchilik asosida xizmat olib borish davomida viloyatimiz hududiga tashrif buyuruvchi sayyohlar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida qabul qilinib, tegishli yordamlar ko‘rsatib kelinadi.

Xodimlar ushbu yaratilgan qulay sharoitlardan unumli foydalangan holda, amalga oshirilib kelinayotgan ishlar kelgusida yanada jadallashtirish, viloyatimiz hududiga tashrif buyurayotgan sayyohlarning xavfsizliklarini to‘laqonli darajada ta’minlash maqsadida yetarli kuch va bilimlarini safarbar etishga tayyor holda faoliyat olib borishadi.

Ezgulikka xizmat qilish uchun qurilib foydalanishga topshirilgan ushbu bino, kelajakda voha hududida xorijiy va mahalliy sayyohlarning xavfsizligini ta’minlash uchun xizmat qilishi shubhasizdir.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech