Surxondaryoda “Yosh huquqshunos” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022-yil 19-yanvar kunidagi PQ-92-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Yosh huquqshunos” ko‘rik tanlovi Surxondaryo viloyatida mahalla-sektor-tuman bosqichlari o‘tkazilib, unda o‘z yosh toifalarida g‘olib bo‘lgan yoshlar viloyat bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.
Joriy yilning 29-iyun kuni Termiz shahridagi 26 sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida, “Yosh huquqshunos” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
O‘tkazilgan ko‘rik tanlov test sinovlari asosida 3 ta yo‘nalishda tarix, ona tili va adabiyoti, huquq fanlaridan 45 nafar o‘quvchi yoshlar o‘rtasida o‘tkazildi.
Ko‘rik tanlov yakuniga ko‘ra, 7-13 yosh toifasida Termiz tumani 9 sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi To‘xtabo‘riyev Umarali Ismoil o‘g‘li, Termiz tumani 24 sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi 14-17 yosh toifasida Usmonova Shoira Muxammadiyevna hamda Qumqo‘rg‘on tumani 34 sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining tarix fani o‘qutuvchisi 18-30 yosh toifasida To‘raboyev Akrom O‘rol o‘g‘lilar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
G‘oliblarga viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining qimmatbaho esdalik sovg‘alari hamda faxriy yorliqlari bilan taqdirlanishib, viloyatimizda bo‘lib o‘tadigan Respublikaning mintaqa bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Ushbu mintaqa bosqichi Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda Qashqadaryo, Samarqand hamda Buxoro viloyatlarining yoshlari ishtirok etishadi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati