1 Avgust 2023 yil 223

Surxondaryoda “Eng mohir ovchi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 30 iyul kuni Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug “Termiz” dala-o‘quv maydonida “Kalibr” klubining Surxondaryo viloyati miqyosida “Eng mohir ovchi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada  targ‘ibot tadbiri ham tashkil etildi.

Musobaqa avvalida barcha shahar-tumanlardan kelgan ovchilar bilan O‘zbekiston Respublikasining “Qurol to‘g‘risida”gi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 2022 yil 31 maydagi O‘RQ-772-son Qonuni qabul qilinganligi munosabasi bilan fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o‘q-dorilari muomalasi sohasida ruxsat etish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjatlarni berish, ularga egalik qilishning talablari va shartlariga bir qator o‘zgartirishlar hamda qo‘shimchalar kiritilganligi;

Jumladan, Jinoyat kodeksining 247, 248, 249-moddalari va Ma’muriy kodeksining 185, 220, 2201, 221-moddalariga o‘zgartirishlar hamda qo‘shimchalar kiritilib o‘qotar bo‘lmagan qurollar (pnevmatik, gazli, signal beruvchi, uloqtirish va tig‘li sovuq qurol va elektroshok qurilmalari) va o‘qotar qurolning asosiy qismlari bilan qonunga hilof ravishda muomalada bo‘lish yoki qurol muomalasi qoidalarini buzganligi uchun jinoiy va ma’muriy javobgarlik choralari belgilanligi;

O‘q otar qurolni sotib olish, ularni saqlash va olib yurish huquqni beruvchi ruxsatnomalarni rasmiylashtirishda hamda ularni muddatlarni uzaytirishda fuqarolar bilan majburiy tarzda  qurol yaroqlarni saqlash, tozalash, o‘qlash-o‘qsizlantirish, tashish va olib yurishda zaruriy xavfsizlik qoidalari shuningdek, qurollari belgilanmagan joylarga saqlanmasligi yuzasidan ovchilar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilildi.

Text to speech