25 Avgust 2023 yil 552

Surxondaryoda “Eng yaxshi hududiy ichki ishlar organi boshlig‘i” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021 yil 26 martdagi PF-6196-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatini yanada rag‘batlantirish, Vatan oldidagi sharafli burchini ado etishdagi xizmatlari uchun ularni munosib taqdirlash, xodimlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, o‘z kasbining eng yaxshilarini aniqlash va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 24 avgust kunidagi “Ichki ishlar organlarida eng yaxshi xodimlarni aniqlash bo‘yicha respublika tanlovini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 539-son Qarori hamda Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining 2023 yil 18 avgust kunidagi 129-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarida “Eng yaxshi hududiy ichki ishlar organi boshlig‘i” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Unda ishtirokchilar jismoniy va jangavor tayyorgarligi sinovdan o‘tkazildi. Shuningdek,  IQ darajasini aniqlashga qaratilgan psixologik test olinib, savol-javob qilindi.

Shundan so‘ng, natijalarga ko‘ra,  “Eng yaxshi hududiy ichki ishlar organi boshlig‘i” nominatsiyasi yo‘nalishida 3-o‘rin Qiziriq tumani IIB boshlig‘i mayor Allamurotov Sherxon Yo‘llievich, 2-o‘rin Muzrabot tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik Narmuratov Shavkat Abdugapparovich, 1-o‘rin Jarqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik Berdinazarov Akmal Baratovichlarga nasib etdi.

Text to speech