4 Dekabr 2023 yil
685
Surxondaryoda “Dolzarb qirq kun” tezkor-profilaktik tadbiri davomida Termiz shahrida amalga oshirilayotgan ishlar viloyat mas’ullari tomonidan o‘rganildi
Surxondaryo viloyati
IIB boshlig‘ining o‘rinbosari hamda viloyat hokimining o‘rinbosarlari tomonidan
Termiz shahri hududida kriminogen vaziyatni yaxshilash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni
barvaqt jilovlash hamda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish
maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.
Tungi xizmatga jalb
qilingan sohaviy xizmat xodimlarining xamkorlikdagi faoliyatlari joyiga chiqilgan
holda o‘rganish davomida, hududda kriminogen vaziyatni yaxshilash borasida hamkorlikda
amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan har bir huquqtartibot organlari
xodimlariga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Viloyatning barcha hududlarida, kriminogen vaziyatni yaxshilashga qaratilgan tezkor-profilaktik tadbirlari o‘tkazilishi davom etmoqda.