2 Dekabr 2023 yil 907

Surxondaryoda “Dolzarb qirq kun” tezkor-profilaktik tadbiri o‘tkazilishi davom etmoqda

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari tomonidan Angor tumani hududida kriminogen vaziyatni yaxshilash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni barvaqt jilovlash hamda bu borada amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha tungi yo‘riqnoma o‘tkazildi. Yo‘riqnomada, tuman sektor rahbarlari, huquqtartibot organlari xodimlari ishtirok etdi.

Hududda kriminogen vaziyatni yaxshilash borasida hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan har bir huquqtartibot organlari xodimlariga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari tuman hududida tungi xizmatni o‘tash, qizil toifadagi mahallalarni o‘rganish maqsadida hududlarda bo‘lib, mahallaga biriktirilgan “yettilik” vakillari bilan uchrashib, ularning olib borayotgan faoliyatlarini ko‘zdan kechirib, aniqlangan kamchillik va muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Tungi o‘rganish davomida, masu’llar probatsiya hisobida turgan shaxslarning xonadoni va ish joyiga borishib, ularning sud tomonidan berilgan taqiqlarga amal qilayotganligi o‘rganildi. Tungi vaqtda bemaqsad yurgan fuqarolar filtr so‘rovdan o‘tkazilib, ular bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.

Tungi xizmatga jalb qilingan sohaviy xizmat xodimlarining xamkorlikdagi faoliyatlari joyiga chiqilgan holda o‘rganilib, tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Fuqarolar tomonidan e’tiborsizlik qilgan holda qora mollari va narsa buyumlarini qarovsiz ochiq joylarga qo‘ygan holatlar aniqlanib, ular bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borilib, tegishli tartibda ogohlantirishlar berildi.

Viloyatning barcha hududlarida, kriminogen vaziyatni yaxshilashga qaratilgan  tezkor-profilaktik tadbirlari o‘tkazilishi davom etmoqda.

Text to speech