16 Sentyabr 2022 yil 375

Surxondaryoda “Bizlar Vatanparvarlarmiz” shiori ostida Xotin-qizlar o‘rtasida sport musobaqasi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi o‘rtasida olib borilayotgan ikki tomonlama hamkorlikdagi ishlarni yanada jadallashtirish maqsadida 2021 yil iyul oyida imzolangan.

Mazkur ikki tomonlama imzolangan Memorandum ijrosini ta’minlash hamda Ichki ishlar vazirining 2022 yil 7 sentabr kunidagi tegishli buyrug‘iga asosan 10-sentabrdan – 10-oktabr kuniga qadar "Kasbiy tayyorgarlik oyligi" doirasida “Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida “Bizlar Vatanparvarlarmiz” mavzusida turli ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xuddi shunday tadbirlardan biri Surxondaryo viloyati Ichiki ishlar boshqarmasining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan taminlash xizmati hamda “Vatanparvar” tashkiloti Surxondaryo viloyati kengashi bilan hamkorlikda Viloyat texnik va amaliy sport turlari markazi bazasida viloyat Ichki ishlar tizimida xizmat olib borayotgan xotin-qizlar o‘rtasida sportning “Havo miltig‘idan o‘q otish” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Ushbu o‘tkazilgan musobaqa ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy tayyorgarligini yanada oshirish bilan birga sergakligi va chaqqonligini oshirishga xizmat qiladi.

Musobaqa yakunida, barcha shartlarni o‘z vaqtida tezkorlik va aniqlik bilan bajargan viloyat IIB boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi kichik inspektori safdor Madina Shoberdieva 3-o‘rinni, viloyat IIB boshqarmasi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi katta inspektori mayor Dilfuza Chorshanbieva 2-o‘rinni, Termiz tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi katta inspektori leytenant Aybibi Axmedova faxrli 1-o‘rinni egallab, “G‘olib”-deb, topildi va tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Text to speech