4 Aprel 2025 yil 552

Surxondaryoda Afv etilganlarning muammolari o‘rganilish davom etmoqda

Prezidentimizning “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi farmoniga asosan, 488 nafar shaxs afv etildi.

Ular orasida Surxondaryo viloyatida istiqomat qiluvchi 28 nafar shaxs ham bor.

IIV mas’ullari hamda viloyat IIB rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruh ularning xonadonlarida bo‘lib, oilaviy sharoitlari, mavjud muammolarini o‘rganishmoqda.

Jumladan; Jarqo‘rg‘on, Sho‘rchi, Denov va Sho‘rchi tumanlarida istiqomat qiluvchi afv etilgan fuqarolar holidan xabar olindi. Ularning oilaviy sharoiti va muammolari o‘rganilib, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Jarayonlarda davlatimiz rahbari tomonidan berilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish borasida tushunchalar berildi. Shuningdek, bugungi kunda afv etilgan fuqarolarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, ish bilan ta’minlash, muqim daromad manbaini yaratish borasida tegishli chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Text to speech